Yer bilan bog‘liq firibgarlikka yo‘l qo‘ygan shaxs javobgarlikka tortildi.
2022 yil 15 aprel' kuni Namangan shahrida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojat qilib, 2021 yil sentyabr' oyida Namangan shahrida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro uni ishonchiga kirib, Namangan shahar Yangi qurilish MFY hududida joylashgan 4 sotix yer uchastkasini sotib berishini aytib, yer hujjatlarini olib, 1982 yilda tug‘ilgan fuqaroga yer uchastkasi o‘ziga tegishli ekanligini, hujjatlarni rasmiylashtirishda muammo bo‘lmasligini aytib, 16.000 AQSh dollariga sotib yuborib, pullarini ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 25 aprel' kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati