30 Mart 2022 yil 514

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Norin tumani 3-sektor hududida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Har bir mahalla fuqarolar yig‘ini o‘z hisob raqamida mablag‘ini ko‘paytirib, daromad olishi mahalla hududida istiqomat qiluvchi ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashda yaxshi bir imkoniyat hamdir. Shu maqsadda har bir mahalla hududida bo‘sh turgan yer maydonlarini aniqlab, terak ko‘chati qalamchalarini qilish hamda uning chetiga terak ko‘chatlari o‘tqazish boshlandi.

Bugun tumanimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi, tumani hokimi, sektor rahbarlari hamda mutasaddilar Pastki Cho‘ja, Yuqori Cho‘ja MFYlarida bo‘lib, bu borada boshlangan xayrli ishlar bilan tanishdilar va nuroniylar, mahalla faollari bilan muloqotda bo‘lishdi.

Norin tuman mahallalarida ham qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish, bo‘sh turgan yerlarni topib, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini olib borish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Issiqxonalarni tartibga keltirish va har bir qarich yerdan samarali foydalanish, qo‘shimcha daromad topish imkoniyatlari haqida aytib o‘tildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech