31 Mart 2023 yil 658

"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Namangan viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev tashabbusi bilan Kosonsoy tuman 3-sektor hududiga 1100 tup daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.

Bahor faslida halqimiz azaldan daraxt ekishga odatlangan. Yashil makon umummilliy harakati esa bu yo‘lda vatandoshlarimizni yana-da jipslashtirdi. Namangan viloyati IIB boshlig‘i Shuxrat Aliyev Kosonsoy tumani “Namuna” mahallasidagi sanoat zonasiga tashrif buyurib hududni obodonlashtirish borasida masʼullarga kerakli ko‘rsatmalar berdi. Tuman IIB rahbariyati, mahalla masʼullari, yoshlar yetakchilari ishtirokida bu yerda yangi nihollar ekildi. Bu ko‘chatlar kun kelib azim daraxtga aylanishi va kelajak avlod ularning soyasidan bahramand bo‘lishi niyat qilindi.

Shundan so‘ng boshqarma boshlig‘i tumandagi uyushmagan yoshlar bilan uchrashdi. Ularning fan va hunarga qiziqishlari, zamonaviy kasblarga bo‘lgan ishtiyoq haqida yaqindan suhbatlashdi. Kosonsoy tuman IIBda xizmat qilayotgan inspektor psixologlar, profilaktika inspektorlari va yoshlar yetakchilariga uchrashuvda ishtirok etayotgan yigit qizlar bilan manzilli ish tashkil etish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va kasbga yo‘naltirish borasida muhim vazifalar belgilab berildi.

Namangan viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech