Yarim kechasi fuqaroni tunab ketgan shaxslar qo‘lga olindi.
2021 yil 29 sentyabr kuni, Mingbuloq tumanida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu yil 27 sentyabr' kuni soat 03:00 larda Chortoq tumanida yo‘l chetida o‘tirgan vaqtida, oldiga Neksiya rusumli avtomashinasi kelib to‘xtab, avtomashinada bo‘lgan uch nafar notanish shaxslardan biri tushib, qo‘lida bo‘lgan 200.000 so‘m puli bo‘lgan sumkasini qo‘lidan tortib olib ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Chortoq tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan A.X.ni boshqaruvidagi Neksiya-2 rusumli avtomashinasida birga kelayotgan sherigi, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan X.I.lar sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Chortoq tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 29 sentyabr' kuni O‘z.R JKning 166-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati