27 Oktyabr 2021 yil 406

Yangiqo‘rg‘on tumani IIB xodimlari yashash uyida giyoxvand modda saqlab kelayotgan shaxsni aniqlashdi.

2021 yil 16 oktyabr' kuni viloyat IIB JQB katta tezkor vakili va Yangiqo‘rg‘on tuman IIB 1-son IIB boshlig‘i va JQB tezkor vakili, HPMB profilaktika inspektorlari tomonidan, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1962 yilda tug‘ilgan fuqaroni yashash uyi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, molxonasidan qora rangli sellofan paketga o‘ralgan o‘tkir hidli, to‘q jigarrang rangli, giyohvand moddasiga o‘xshash modda borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun tuman IIBga olingan.

Namangan viloyati IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddaning sof og‘irligi 6,18 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 19 oktyabr' kuni O‘z.R JKning 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech