Yangi yilni beshikast qarshi oling!
Qish fasli kirib kelishi bilan ko‘cha ko‘yda paqildoqlarning yoqimsiz shovqini quloqni qomatga ketiradi. Bu esa ayniqsa yangi yil bayrami arafasida ko‘p uchraydigan holatdir. Bilamizki bolalar orasida pirotexnika vositalariga bo‘lgan qiziqish kuchli, biroq bu vositalar har doim ham insonlarga quvonch ulashavermaydi. Ya'ni undan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida bolalar va xatto kattalar ham turli darajadagi tan jaroxatlari olishlari ham mumkin.
Shu kabi holatlarni oldini olish, bayram arafasida aholini ayniqsa yoshlarni pirotexnika vositalaridan foydalanmaslikka chaqirish maqsadida Namangan viloyati IIB PPXvaJTSB PPXB tomonidan Namangan shahridagi 4ta sektor hududida davra suhbati tashkil etildi.
Namangan muhandislik qurilish instituti qoshidagi akademik liseyda o‘quvchilar, ustozlar, mahalla faollari ishtirokida bo‘lib o‘tgan suhbat davomida batal'on komandiri yoshlarga pirotexnika vositalarini sotish, saqlash, ishlab chiqarish, mamlakat xududiga olib kirish qonun bilan qat'iy taqiqlangani, buning uchun jinoiy javobgarlik jazosi mavjudligini alohida ta'kidlab, ushbu vositalarning salbiy oqibatlarini o‘zida aks ettirgan videorolik ham namoyish etildi.
Bu kabi davra suhbatlari qolgan sektor hududlarida ham keng ko‘lamda o‘tkazildi. bundan maqsad Namangan aholisini yaqinlashib kelayotgan yangi yil bayramini tinch va osuda beshikast holda ko‘tarinki ruhda kutib olishlarini ta'minlashdir.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati