19 Oktyabr 2020 yil 434

Yana bir firibgarga qonuniy chora ko‘rildi.

Shu yil 17 oktyabr' kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, 2020 yil mart oyida tanishi, Namangan shahrida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan fuqaro uni ishonchiga kirib, Xunday rusumli avtomashinasini 10.000 AQSh dollariga sotib olishga kelishib, 600 AQSh dollarini berib, qolgan pullarini shu yilning 1 oktyabr' kunigacha berishini aytib pullarini bermay avtomashinani boshqa shaxsga sotib yuborib, ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 7 oktyabr' kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech