Xurmatli fuqarolar, firibgarlardan ogoh bo‘ling!
Shu yil 8 dekabr' kuni Namangan shahrida yashovchi 1981 yilda tug‘ilgan fuqaro IIBga ariza bilan murojaat qilib, 2019 yil iyul' oyida Namangan shahrida yashovchi 1984 va 1983 yillarda tug‘ilgan fuqarolar uni ishonchiga kirib, Latviya davlatidagi ishlab chiqarish zavodlariga ishga yuborishlarini aytib, 4.300 AQSh dollarini olib, ishga yubormay, pullarini o‘zlarining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganliklarini ma'lum qilgan va chora ko‘rishni so‘ragan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 17 dekabr' kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
9 dekabr' kuni Namangan shahrida yashovchi 1994 yilda tug‘ilgan fuqaro IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 2019 yil noyabr' oyidan shu yil yanvar' oyiga qadar, Namangan shahrida yashovchi 1977 va 1980 yillarda tug‘ilgan fuqarolar uning ishonchiga kirib, tanishlari orqali unga iste'mol kredit chiqarib, maishiy texnika vositalari olib berishlarini aytib, fuqaroning nomiga Namangan shahridagi “Sanoatqurilishbank”dan 14.500.000 so‘m va “Agrobank” Chortoq filialidan 17.500.000 so‘m kredit olib, bank orqali Namangan shahrida joylashgan “Texnopark” nomli savdo shahobchasi hisob raqamiga o‘tkazib, savdo shahobchasidan arizachini nomiga shartnoma tuzib, shartnoma orqali narxi 32.000.000 so‘mlik turli xil maishiy teknika vositalarini olib ketib, unga bermay, boshqa shaxslarga sotib yuborib, pullarni o‘zlarining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganliklarini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 17 dekabr' kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati