9 Fevral 2021 yil
410
“Xunday” egasi 35.000 AQSh dollariga chuv tushdi.
2021 yil 21 yanvar' kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, 2020 yil 24 sentyabr' kuni, Chust tumanida yashovchi, 2018 yilda O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismi bilan sudlangan, 1988 yilda tug‘ilgan fuqaro uni ishonchiga kirib, “Xunday-STAREX rusumli avtomashinasini 35.000 AQSh dollariga sotib olishga kelishib, pulini 2 oy ichida berishini aytib, avtomashinani olib ketib, boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarini hozirgi kunga qadar bermayotganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 8 fevral' kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyat IIB Axborot xizmati