6 May 2021 yil 360

“Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan 3 avlod uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimizning “Xotira va qadrlash kuni” bayramini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora tadbirlari to‘g‘risidagi Qarorida belgilangan qator tadbirlar ijrosini amalga oshirish maqsadida joriy yilning 6-may kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV Xavlqaro aeroportlarda xavvfsizlikni ta'minlash qo‘shinlariga qarashli Namangan shahrida joylashgan 7254 sonli harbiy qismda 9-may “Xotira va qadrlash kuni” bayrami hamda 2-jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 76 yilligiga bag‘ishlangan 3 avlod uchrashuvi tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda o‘quvchi yoshlar, harbiy xizmatchilar va Qurolli Kuchlarimizning faxriylari ishtirok etdi. Tadbir davomida o‘quvchilar qismda harbiy xizmatchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishib chiqdilar. Uchrashuv yakunida harbiy xizmatchilar va o‘quvchi yoshlar o‘rtasida sport bellashuvlari ham bo‘lib o‘tdi.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech