Xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Uychi tumani IIB JXX HPB profilaktika inspektorlari hamda Xotin-qizlar huquqlarini taʼminlash hamda ularni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohalaridagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat qilish bo‘limi, shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yana-da jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-87-son Farmoni talablarini ijrosi yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, mahallalar kesimida 1088 ta oilalarning yashash sharoitlari o‘rganilib, o‘rganish davomida aniqlangan 408 ta muammolardan 274 tasining hal etilishiga erishilgan.
Shuningdek, tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarga 185 ta “Himoya orderi” rasmiylashtirib berilgan.
Himoya orderi berilgan oilalarda olib borilgan profilaktik ishlar natijasida 38 ta oila yarashtirilib, 106 ta oilalarda nizolar bartaraf etilishiga erishildi.
Bu borada amalga oshirilayotgan ishlar davom ettirilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati