28 Iyul 2022 yil 1102

Xotin-qizlar faolining 6 oylik faoliyati bo‘yicha muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tashabbusi bilan Namangan viloyati "Ishga marhamat" monomarkazi konferensiya zalida mahalla xotin-qizlar faolining 6 oylik faoliyati davomida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda amalga oshirilgan ishlarning muhokamasi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda Oila va xotin-qizlar Davlat qo‘mitasi "Xotin-qizlar o‘rtasida ilm-fan va innovatsiyani rivojlantirish" bo‘limi boshlig‘i Karima Norqulova, viloyat hokimining o‘rinbosari Dinara Yakubova, shahar, tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi boshliqlari hamda hamkor tashkilot masʼullari ishtirok etdi. Yig‘ilishda 14 nafar tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi boshliqlari ish tashkil qilishda duch kelayotgan muammolarini aytib o‘tishdi. Himoya orderini berish masalasi yuzasidan tomonlarning fikrlari eshitildi, ichkilikka ruju qo‘ygan aholi undan tazyiqqa uchrab kelayotgan xotin-qizlarga himoya orderi berish bu yechim emas. Bu kabi erkaklar bilan sog‘liqni saqlash boshqarmasi alohida ishlashi kerakligi aytildi. Uchrashuvdan asosiy maqsad tizimda samarali ish olib borishda viloyatdagi boshqarma va tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdir.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech