23 Dekabr 2020 yil
424
Xonadonning yer to‘lasida pirotexnika vositasi borligi aniqlandi.
2020 yil 15 dekabr' kuni Namangan viloyati IIB JQB KIJQKB, Namangan shahar IIO FMB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir natijasida Namangan shahrida yashovchi 1988 yilda tug‘ilgan, fuqaroning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, xonadonining yer to‘lasida 1920 dona qutida har bir qutining bahosi 25.000 so‘m bo‘lgan umumiy baxosi 48.000.000 so‘mlik "TRENIYa" nomli pirotexnika vositalarini sotish maqsadida saqlab kelayotganliklari aniqlanib, ushbu pirotexnika vositalari daliliy ashyo sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan to‘plangan tergovga qadar tekshiruv hujjatlari qonuniy qaror qabul qilishlik uchun Namangan shahar IIO FMB TBga yuborildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati