21 Dekabr 2020 yil 297

Xonadonni tunagan shaxs qo‘lga olindi.

2020 yil 19 dekabr' kuni, Chortoq tumanida yashovchi, 1961 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu yil 18 dekabr' kuni kechki vaqtdan 19 dekabr' kuni soat 09:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida yashash uyida hech kim yo‘qligidan foydalangan noma'lum shaxs, hovlisiga devor oshish yo‘li bilan kirib, xonada bo‘lgan umumiy narxi 4.000.000 so‘mlik bir dona mantiqozon, “Artel” rusumli televizor hamda ovoz kuchaytirgich apparatini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

2020 yil 20 dekabr' kuni o‘tkazilayotgan “Tozalash-Antiterror” tadbiri davomida, viloyat IIB TEQKB O‘MIB tezkor vakili va tuman IIB JQB tezkor vakillari, HPB profilaktika inspektori hamda YHXG inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Chortoq tumanida yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan. Daliliy ashyo olingan.

Ushbu holat bo‘yicha Chortoq tumani IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 20 dekabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech