5 Fevral 2021 yil 394

Xonadonni tunagan shaxs hibsga olindi

Joriy yil 4 fevral' kuni Chust tuman IIB JQB tezkor vakili EKG katta eksperti va TB tergovchisi tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida 2020 yil 29 dekabr' kuni soat 10:00 larda Chust tumanida yashovchi fuqaroning Chust shahar Sadacha mahallasida joylashgan kotedjiga eshik qulfini kalit tanlash yo‘li bilan ochib kirib, xonada bo‘lgan umumiy narxi 10.000.000 so‘mlik santexnika buyumlarini o‘g‘irlab ketgan shaxs Uchqurg‘on tumanida yashovchi muqaddam O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi bilan sudlangan shaxs ekanligi aniqlanib, ashyoviy dalillar olingan va uning o‘zini 6-sonli tergov hibsxonasiga joylashtirilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech