Xonadonni tunagan o‘g‘ri qo‘lga olindi.
2020 yil 2 dekabr' kuni, Chortoq tumanida yashovchi, 1953 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu kunga o‘tar kechasi Chortoq tumanida joylashgan kotejida hech kim yo‘qligidan foydalangan noma'lum shaxs, hovlisiga devor oshish yo‘li bilan kirib, xonada bo‘lgan narxi 1.300.000 so‘mlik bir dona televizorini, 3.000.000 so‘m pullarini hamda narxi 1.700.000 so‘mlik bir dona “Gulbashakar” nomli tilla uzugini o‘g‘irlab ketilganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Churtoq tuman IIB huzuridagi TB katta tergovchisi, JQB katta tezkor vakili va EKG eksperti hamda HPB profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan. Daliliy ashyo olingan.
Ushbu holat bo‘yicha Chortoq tumani IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 2 dekabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati