19 Fevral 2021 yil 407

Xonadoningizni qarovsiz qoldirmang!

2021 yil 16 fevral' kuni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kunga o‘tar kechasi, yashash uyi darvozasi qulflanmaganligidan foydalangan noma'lum shaxs, ichkariga kirib, mexmonxonasida bo‘lgan qo‘l sumkasidan 2.500.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Viloyat IIB TEQKB bo‘linma boshlig‘i, Yangiqo‘rg‘on tuman IIB JQB katta tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 16 fevral' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech