22 Iyun 2023 yil 224

Xonadonida nasha yetishtirayotgan fuqarolar aniqlandi

2023-yil 9-iyun kuni o‘tkazilayotgan “Qoradori-2023” tadbiri davomida Chust tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan shu tumanda yashovchi, 1973-yilda tug‘ilgan fuqaroning xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, tomorqasidagi ekinlari orasida 3-tup nasha o‘simligini parvarishlayotganligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun olingan.

Namangan viloyati IIB EKMning xulosasida ushbu o‘simlik tarkibida giyohvand modda tetrogidrokannabinol saqlovchi Kannabis (nasha) o‘simligi ekanligi ko‘rsatilgan.

Shuningdek, shu tumanda yashovchi, 1979-yilda tug‘ilgan fuqaroning ham mahallasida joylashgan dala hovlisi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, ekinlari orasida 5-tup nasha o‘simligini parvarishlayotganligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun olingan.

Namangan viloyati IIB EKMning xulosasida ushbu o‘simlik tarkibida giyohvand modda tetrogidrokannabinol saqlovchi Kannabis (nasha) o‘simligi ekanligi ko‘rsatilgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan JKning 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech