Xonadonida “Marixuana” saqlayotgan fuqaro qo‘lga olindi.
2021 yil 12 yanvar' kuni Uychi tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari va TB tergovchilari tomonidan, Uychi tumanida yashovchi, 2001 yilda O‘z.R JKning 276-moddasi 2-qismi bilan sudlangan, 1971 yilda tug‘ilgan fuqaroni yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, yashash xonadonidagi krovat tagida va yashash uyi tom qismida o‘tkir hidli, giyohvand moddasiga o‘xshash moddalar borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun tuman IIBga olingan.
Namangan viloyati IIB EKBning xulosasida, ushbu moddalarning sof og‘irligi 89,69 gramm bo‘lgan “Marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Uychi tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 12 yanvar' kuni O‘z.R JKning 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati