18 Mart 2022 yil 457

Xonadonida “Marixuana” saqlanayotgan shaxs aniqlandi

2022 yil 13 mart kuni Chortoq tuman IIB HPMB profilaktika inspektori tomonidan, Chortoq tumanida yashovchi, 1974 yilda tug‘ilgan fuqaroni yashash uyi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, hovlisidagi xashakxonasidan 3 ta sellofan paketda o‘ralgan giyohvand moddasiga o‘xshash o‘simlik va 2 dona yelim bakalashka idishda hamda bir dona choynak qopqoqlarining sirtqi yuzalarida giyohvand moddasiga o‘xshash modda borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun tuman IIBga olingan.

Namangan viloyati IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddalarning sof og‘irligi 29,91 gramm bo‘lgan “Marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Chortoq tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 15 mart kuni O‘z.R JKning 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech