12 Avgust 2023 yil 424

Xonadonida “Marixuana” saqlab kelayotgan fuqaro aniqlandi

2023-yil 29-iyul kuni “Qoradori-2023” tadbiri davomida Davlatobod tuman IIB xodimlari tomonidan shu tumanda yashovchi, 1968-yilda tug‘ilgan fuqaroning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda yashash xonadonining hojatxonasida oq va sariq rangli qog‘oz parchasida maydalangan va quruq holatdagi giyohvand moddasi borligi aniqlangan.

Namangan viloyat IIB EKMning xulosasida ushbu moddaning sof og‘irligi 2,9 gramm bo‘lgan “Marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.

Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech