11 Fevral 2022 yil 428

Xonadonida “Marixuana” giyohvandlik moddasini saqlab kelayotgan fuqaro aniqlandi

2021 yil 5 fevral kuni To‘raqo‘rg‘on tuman IIB JQB boshlig‘i, tezkor vakillari va HPMB profilaktika inspektori tomonidan o‘tkazilgan “Yoshlar giyohvandlikka qarshi oyligi” tadbirlari davomida, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1948 yilda tug‘ilgan fuqaroni yashash uyi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, yerto‘lasidan 17 dona hamda o‘zining yonidan 2 dona gugurt qutisiga solingan, o‘tkir xidli, ko‘kimtir rangli, quruq holdagi giyohvandlik moddasiga o‘xshash modda borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun tuman IIBga olingan.

Namangan viloyati IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddalarning sof og‘irligi 110,21 gramm bo‘lgan “Marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.

Ushbu holat o‘yicha To‘raqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 7 fevral kuni O‘z.R JKning 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech