3 Iyun 2021 yil
323
Xonadonida giyohvand o‘simlik parvarishlayotgan fuqaroga chora ko‘rildi.
Shu yil 17 may kuni o‘tkazilayotgan “Qoradori-2021” tadbiri davomida, Uychi tuman IIB xodimlar tomonidan, tumanda yashovchi, 1959 yilda tug‘ilgan fuqaroning yashash uyi holislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, hovlisidagi ekanlari orasida 3 tup ko‘knor o‘simligini ekib, parvarishlayotganligi aniqlangan.
Viloyat IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu o‘simliklar tarkibida giyohvand modda saqlovchi “Ko‘knor” o‘simligi ekanligi ko‘rsatilgan.
Mazkur holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati