13 Iyul 2023 yil 389

Xonadonga tushgan o‘g‘ri ushlandi

Joriy yil 10-iyul kuni Chust tumanida yashovchi, 1991-yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 7-iyul kuniga o‘tar kechasi nomaʼlum shaxs mahallasida joylashgan xonadoniga devor oshib kirib, mehmonxonasida bo‘lgan narxi 250.000 so‘mlik qo‘l soati, narxi 1.000.000 so‘mlik plansheti va 500.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Chust tuman IIB EKB katta ekspert-kriminalisti B.Meliboyev tomonidan voqea sodir bo‘lgan joyning kuzatuv kamerasiga tushgan nomaʼlum shaxsning yuz qismi olinib, viloyat IIB EKMda mavjud “Avtomatlashtirilgan shaxsni qiyofasidan identifikatsiya qilish tizimi”da tekshirilganda, ushbu jinoyatni shu tumanda yashovchi, 1982-yilda tug‘ilgan shaxs ekanligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech