Xonadonga tushgan o‘g‘ri qo‘lga olindi.
2022 yil 12 aprel kuni Namangan tumanida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, unda shu yil aprel oyi boshida nomaʼlum shaxs, yashash xonadoni yotoqxonasida bo‘lgan umumiy narxi 14.000.000 so‘mlik 4 dona tilla uzuklari va bir juft tilla baldog‘ini o‘g‘irlab ketganligini, bundan tashqari 2022 yil 11 aprel kuni soat 17:00 dan 21:30 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida nomaʼlum shaxs yashash xonadoniga devor oshib kirib, yotoqxonasini tintib ko‘rib, biror bir moddiy qiymatlik ololmasdan xodisa joyidan yashiringanligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Tuman IIB JQB tezkor vakili va HPB profilaktika inspektori tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni Namangan tumanida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati