Xonadondan televizor o‘g‘irlagan erkak ushlandi
2021 yil 3 avgust kuni, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu yil 22 iyul' kunidan 1 avgust kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida yashash xonadonida hech kim yo‘qligidan foydalangan noma'lum shaxs, deraza oynasini sindirib kirib, xonadonda bo‘lgan narxi 1.740.000 so‘mlik “Artel” rusumli televizorni o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Namangan shahar Davlatobod tumani IIB JQB tezkor vakili tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar Davlatobod tumani IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 5 avgust kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati