5 Avgust 2023 yil 400

Xonadondan qurilish anjomlarini o‘g‘irlagan shaxs ushlandi

2023-yil 28-iyul kuni Davlatobod tumanida yashovchi, 1960-yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 08:00 dan 17:00 ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida nomaʼlum shaxs yashash honadoniga devor oshib kirib, hovlisida bo‘lgan umumiy narxi 300.000 so‘mlik qurilish asbob-uskunalarini o‘g‘irlab ketganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan. Viloyat IIB JXX JTSB PPXB xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni Yangi Namangan tumanida yashovchi, 1989-yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu xolat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech