Xonadondan o‘g‘irlangan uy-ro‘zg‘or buyumlari egasiga qaytarildi.
2022 yil 29 noyabr kuni, Namangan shahar Davlatobod tumani Yuksalish MFYda yashovchi, uy bekasi, Ichki ishlar bo‘limiga ariza bilan murojaat qilgan. Murojaatchi kechasi nomaʼlum shaxs, yashash xonadoniga eshik qulfini buzish yo‘li bilan kirib, omborxonasida bo‘lgan narxi 2.000.000 so‘mlik uy-ro‘zg‘or buyumlarini o‘g‘irlab ketganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB TB tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan shahar IIO FMB EKB katta eksperti tomonidan voqea joyini ko‘zdan kechirishda olingan 2 dona qo‘l barmoq izlari, Boshqarma EKMda mavjud shaxsni identifikatsiya qilish tizimida tekshirilganida, ushbu qo‘l barmoq izlari, Namangan shahar Davlatobod tumani Yuksalish MFYda yashovchi, 2019 yilda o‘g‘irlik jinoyati bilan sudlangan, 1990 yilda tug‘ilgan shaxsning qo‘l barmoq izlariga mos kelganligi aniqlandi. Mazkur shaxsdan daliliy ashyolar olinib, jinoyat ishi yurituviga qo‘shildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati