15 Dekabr 2021 yil 427

Xonadondan “Marixuana” topildi

Shu yil 10 dekabr' kuni Yangiqo‘rg‘on tuman IIB HPMB profilaktika inspektori tomonidan olingan tezkor ma'lumotga asosan, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1964 yilda tug‘ilgan fuqaroni yashash uyi holislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, oshxonasidagi tuynukdan va yotoqxona tokchasidan qora rangli sellofan paketga o‘ralgan, o‘tkir hidli, to‘q jigarrang rangli, giyohvand moddasiga o‘xshash moddalar borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun tuman IIBga olingan.

Namangan viloyati IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddalarning sof og‘irligi 15,64 gramm bo‘lgan “Marixuanna” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 12 dekabr' kuni O‘z.R JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech