Xonadondan “Marixuana” giyohvandlik moddasi topildi.
Shu yil 25 fevral' kuni tuman IIB TEQKB tezkor vakillari, HPB profilaktika inspektori va viloyat IIB YHXB 1-safarbarlik guruhi komandirlari tomonidan, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1976 yilda tug‘ilgan fuqaroning yashash xonadonida o‘tkazilgan tintuv tergov harakatlari davomida, yashash uyining tokchasidan oq qog‘ozga o‘ralgan o‘tkir hidli, och-yashil rangli, quruq holatdagi nashasimon o‘simlik borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun olingan.
Viloyat IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddaning sof og‘irligi 4,97 gramm bo‘lgan “Marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Kosonsoy tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati