Xonadondan maishiy texnikalar o‘g‘irlandi
2022 yil 12 mart kuni, Pop tumanida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu yil 6 mart kunidan 12 mart kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida, yashash uyida hech kim yo‘qligidan foydalangan noma'lum shaxs, yashash xonadoni kirish eshigini buzish yo‘li orqali kirib, xonadonida bo‘lgan umumiy narxi 4.500.000 so‘mlik 1 dona “Artel” rusumli televizori va 1 dona “Shivaki” rusumli elektropechlarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Pop tuman IIB huzuridagi TB tergovchisi, JQB tezkor vakillari va HPMB profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Pop tumanida yashovchi, 2002 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 17 mart kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati