Xonadondan ko‘p miqdorda pirotexnika mahsulotlari topildi
Joriy yil 8 dekabr' kuni Namangan viloyat Uchqo‘rg‘on tuman IIB TEQKB tezkor vakillari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan fuqaroni yashash uyi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, xonadan turli xajmdagi 21 dona qog‘oz qutilari ichida 12 dona “9-D” nomli, 16 dona “Korolevskiy solyut” nomli, 2 dona “Fitil” nomli, 16 dona “Panda” nomli, 24 dona “Volk” nomli, 1440 quti “Treniya” nomli, 5000 quti “Bengal'skie ogni” nomli, 9800 dona “Svicha bengal'skie” nomli pirotexnika vositalari borligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 9 dekabr' kuni O‘z.R JKning 2501-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati