Xonadondan komp'yuter va qozonlarni o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi.
2021 yil 2 sentyabr' kuni, Namangan shahar Yangi Namangan tumanida yashovchi, 1971 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 09:00 dan soat 13:30 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida yashash uyida xech kim yo‘qligidan foydalangan noma'lum shaxs, yashash uyiga darvozasi orqali kirib, xonada bo‘lgan narxi 300.000 so‘mlik “Lenova” rusumli komp'yuterini va narxi 100.000 so‘mlik 3 dona qozonlarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Namangan shahar Yangi Namangan tumani IIB JQB katta tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni qo‘shnisi, Namangan shahar Yangi Namangan tumanida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 4 sentyabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati