3 Aprel 2021 yil 366

Xonadondan kiyim-kechak va pullarni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi.

Joriy yil 31 mart kuni Namangan tumanida yashovchi, 1977 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 11:00 larda yashash uyida hech kim yo‘qligidan foydalangan noma'lum shaxs, xonadoniga devor oshib kirib, umumiy narxi 6.040.000 so‘mlik kiyim-kechaklari va 400.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Tuman IIB TEQKB tezkor vakillari va HPB profilaktika inspektori tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni Namangan tumanida yashovchi yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlanib, tegishli ko‘rgazmalar olingan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech