7 Dekabr 2020 yil 444

Xonadondan idish va kiyimlarni o‘g‘irlagan shaxs aniqlandi.

Shu yil 26 noyabr' kuni Chortoq tumanida yashovchi 1988 yilda tug‘ilgan ayol tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, shu yil 24 noyabr' kuniga o‘tar kechasi yashash uyida hech kim yo‘qligidan foydalangan noma'lum shaxs, yashash uyi hovlisiga devor oshish yo‘li bilan kirib, yotoqxonasida bo‘lgan umumiy narxi 3.000.000 so‘mlik bir dona “Zepter” nomli idishlar to‘plamini, bolalar kiyim-kechaklarini hamda bir dona odeyalini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.­

Chortoq tumani IIB JQB tezkor vakillari hamda HPB profilaktika inspektori tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni shu tumanda yashovchi 1973 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Chortoq tumani IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 5 dekabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech