Xonadondan 60 million so‘mlik taqinchoqlar o‘g‘irlandi
2021 yil 25 iyul' kuni soat 17:30 larda, Namangan shahrida yashovchi, 1977 fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 09:00 dan soat 17:30 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida, yashash xonadoniga xech kim yo‘qligidan va darvoza eshigi yopilmaganligidan foydalangan noma'lum shaxs, hovliga kirib, yotoqxonasidagi shkaf ustida bo‘lgan turli xildagi jami 60.000.000 so‘mlik tilla taqinchoqlari va 2.000.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.Namangan shahar IIO FMB 2-sonli IIB JQB tezkor vakillari va EKB eksperti tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan va Namangan shaxrida yashovchi, 2001 yilda tug‘ilgan ayollar sodir etganliklari aniqlangan.Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 25 iyul' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati