Xonadondagi seyf va uning ichidagi pullar g‘oyib bo‘ldi.
Joriy yil 12 noyabr' kuni, Chust tumanida yashovchi, 1977 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kunga o‘tar kechasi noma'lum shaxs, yashash uyi hovlisiga devor oshish yo‘li bilan kirib, yashash uyida qurilish bo‘layotganligi sababli hovlisiga olib chiqib qo‘ygan temir seyfini va uni ichida bo‘lgan hujjatlarini, 8.500 AQSh dollarini, 2 dona erkaklar qo‘l soati, 4 dona ayollar tilla uzugi hamda fuqarolik pasportini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Tuman IIB TEQKB boshlig‘i, tezkor vakili va JQB tezkor vakili hamda HPMB profilaktika inspektori, EKG ekspertlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni Chust tumanida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan. Tegishli ko‘rgazmalar olingan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati