20 Avgust 2021 yil 326

Xonadon qarovsiz qolmagan, biroq, tokchadagi telefon o‘g‘irlandi.

2021 yil 18 avgust kuni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 2002 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kunga o‘tar kechasi, yashash uyida uxlab yotganligidan foydalangan noma'lum shaxs, xonadagi tokchada bo‘lgan “HUAWEI Y6 prime” rusumli telefon apparatini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 18 avgust kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech