Xonadon eshigi ochiq qoldirildi. Velosiped o‘g‘irlab ketildi.
Joriy yil 12 dekabr' kuni, Chortoq tumanida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 09:00 dan soat 11:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida, yashash xonadoni darvoza eshigi ochiq qolganligidan foydalangan noma'lum shaxs, darvozaxonada bo‘lgan narxi 700.000 so‘mlik bir dona “Ural” nomli velosipedini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Chortoq tuman IIB JQB boshlig‘i va HPMB profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, qaynakasi, Chortoq tumanida yashovchi, 1964 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Chortoq tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 13 dekabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati