Xodimlarning shubhasi o‘z tasdig‘ini topdi.
2021 yil 8 sentyabr' kuni soat 13:30 larda, To‘raqo‘rg‘on tuman IIB JQB tezkor xodimlari, TEQKB tezkor vakili hamda HPMB profilaktika inspektorlari Yortepa MFY hududida mahallabay tizimida xizmat olib borayotganlarida, notanish fuqaro bir bosh molni yetaklab ketayotganida, shubhali harakatlanganligi uchun u bilan surishtiruv harakatlari olib borilganida, ushbu fuqaro, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan fuqaro ekanligi aniqlanib, u To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan fuqaroni ushbu molini uni dala maydonidan o‘g‘irlab ketayotganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 8 sentyabr' kuni O‘z.R JK 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati