21 May 2022 yil 674

Xodimlarning huquqiy savodxonligi oshirilmoqda

O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 29 martdagi O‘RQ-761-son “O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga qiynoqqa solishdan jabrlanganlarga yetkazilgan zararni qoplash tartibini takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni mazmun va mohiyatini xodimlarga tushuntirish maqsadida Namangan viloyati IIB Tashkiliy boshqarma Yuridik taʼminlash xizmati tomonidan xodimlari o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borildi.

O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 29 martdagi O‘RQ-761-son “O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga qiynoqqa solishdan jabrlanganlarga yetkazilgan zararni qoplash tartibini takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 1-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 991-moddaning birinchi qismi «qonunga xilof tarzda berish» degan so‘zlardan keyin «shuningdek har qanday qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash» degan so‘zlar bilan to‘ldirildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga: hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish; davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlash yuklatilgan.

Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan, yaʼni 2022 yil 30 mart kunidan eʼtiboran kuchga kirdi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech