8 Fevral 2021 yil 779

Xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Namangan viloyati IIB Kadrlar boshqarmasi tashabbusi bilan Yoshlar ittifoqi yetakchilari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlar va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlar tomonidan “Payshanba-Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida hududlarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, fuqarolar tinchligi hamda osoyishtaligini ta'minlash bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish bilan birga tizimda xizmat qilayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj, oila-a'zolari nogiron va og‘ir xastalikka chalingan hamda tarbiyaviy-profilaktikaga muhtoj xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimi yo‘lga qo‘yildi. 

Jumladan, Uchqo‘rg‘on tumani IIB JTSG VSH safdor xodimining 2020 yilda tug‘ilgan farzandi o‘ng oyog‘ini joriy yilning 5 yanvar'  kuni jarrohlik operatsiyasi kilinganligi, muolaja uchun 5 million so‘m pul mablag‘i sarflaganligi, jarrohlik operatsiyasini ikkinchi bosqichi bir oy davomida amalga oshirilishi kerakligi, biroq xodim ijtimoiy ko‘makka muxtojligi aniqlandi.

Mazkur holat bo‘yicha tuman ichki ishlar bo‘limi shaxsiy tarkibi tomonidan ihtiyoriy ravishda yordam berish choralari rejalashtirilib, yashash hududidagi 39-sonli oilaviy poliklinika rahbarlari bilan hamkorlikda doimiy nazoratga olinib, o‘rnatilgan tartibda amaliy yordam berish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Shuningdek, Chortoq tumani IIB HPB profilaktika inspektorining 2011 yilda tug‘ilgan farzandi tug‘ma nogironligi, hozirda 10 yoshga to‘lgan bo‘lsa-da, o‘zi mustaqil yura olmasligi ko‘rilib, unga nogironlik aravachasi sovg‘a qilindi.

Boshqarma YHXB YPXB 2-safarbarlik guruhi YPX inspektorlarining ham oilaviy sharoiti o‘rganilganda ularning otasi va ukasi 1-guruh nogironi bo‘lib, yurish qobiliyati yo‘qolganligi  aniqlandi.

Shifokorlor bilan hamkorlikda ularning holidan xabar olinib, bepul dori-darmonlar berildi va salomatliklari doimiy ravishda nazoratga olindi.

Yangiqo‘rg‘on tumani IIB HPB profilaktika katta inspektori hozirda “Nurafshon” MFYda xizmat ko‘rsatib oila-a'zolari bilan birgalikda xizmat uyida yashab kelayotganligi, 4 nafar farzandi borligi, turmush o‘rtog‘i X.Sultonova hech qaerda ishlamayotganligi aniqlangan.

Shunga ko‘ra, X.Sultonovani ishga joylash masalasi ko‘rib chiqilib, uni Nurafshon MFYda joylashgan Yangiqo‘rg‘on tuman maktabgacha ta'lim bo‘limiga qarashli “SVETA BOLAJON” nomli Davlat xususiy sherikchilik asosidagi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotiga tarbiyachi etib ishga qabul qilinishi ta'minlandi.

Bundan tashqari, tarbiyaviy-profilaktikaga muhtoj bo‘lgan barcha xodimlarning oilaviy sharoitlari ularga biriktirilgan murabbiylar tomonidan o‘rganilib, ularning kelgusida xizmat olib borishlari davomida, xizmat intizomi va qonunchilikni buzmasliklari to‘g‘risida, ota-onalari va turmush o‘rtoqlari bilan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazildi.

Ushbu tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad xodimlar orasida xizmat intizomi qonunchilik buzilishini oldini olish, ijtimoiy himoyaga muhtoj xodimlar oilasidan xabar olish bu orqali ularni kasbiga sadoqat, xizmat qilayotgan jamoasiga ishonch tuyg‘ularini yanada oshirish hamda ular qalbida IIO tizimiga bo‘lgan faxrni yuksaltirishdir.

 

Namangan viloyat IIB Axborot xizmati

Text to speech