Xaydovchi yuqori tezlikda tezyordam avtomashinasiga borib urildi.
2020 yil 1 sentyabr' kuni soat 07:30 larda, Namangan-Uychi-Uchqo‘rg‘on yo‘lining 23 km.da, Keskanyor MFY hududida, Uychi tumanida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro Epika rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan, Uychi tumanida yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan fuqaroni boshqaruvidagi, Uychi tuman tez tibbiy yordam bo‘limiga qarashli Damas rusumli avtomashinasini orqa tomoniga borib urilgan. Natijada, Damas rusumli avtomashinada bo‘lgan hamshira, Uychi tumanida yashovchi, 1979 yilda tug‘ilgan fuqaroning chap tomon 7-qovurg‘asini yopiq sinishi tashhisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 10 sentyabr' kuni O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati