24 Dekabr 2020 yil
425
Xaydovchining extiyotsizligi oqibatida piyoda jabrlandi.
2020 yil 15 dekabr' kuni soat 19:00 larda, Namangan shahar A.Navoiy ko‘chasida, Namangan shahrida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan fuqaro Lasetti rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, Mingbuloq tumanida yashovchi, 2003 yilda tug‘ilgan qizni urib yuborgan.
Natijada, piyoda bosh miya yopiq shikasti, chanoq suyaklarini yopiq sinishi tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 22 dekabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati