Xaydovchi extiyotsizligi tufayli o‘z xayotiga zomin bo‘ldi.
Joriy yilning 11 yanvar' kuni soat 08:30 larda, Ishonch MFY Chortoq yo‘li ko‘chasida, Namangan shahrida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan fuqaro yo‘l varaqasi orqali, MChJga tegishli bo‘lgan Damas rusumli avtomashinani boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘l chetidagi beton stolbaga urilgan.
Natijada, haydovchi voqea joyida vafot etgan va avtomashina salonida bo‘lgan shu MChJda tikuvchi bo‘lib ishlovchilar, Chortoq tumanida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan va Chortoq tumanida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan ayollar bosh miya chayqalishi tashxisi bilan shifoxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 11 yanvar' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati