5 Aprel 2022 yil
427
Xaridor firibgar bo‘lib chiqdi.
2022 yil 29 mart kuni Namangan shahrida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, 2021 yil yanvar' oyida Namangan shahrida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan fuqaro uni ishonchiga kirib, Lasetti rusumli avtomashinasini 18.000 AQSh dollariga 9 oy muddatda bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olib, pullarni bermay avtomashinani boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarini ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati.