18 Dekabr 2021 yil 408

Voyaga yetmagan shaxs telefon va pullarni o‘mardi

Joriy yil 14 dekabr'  kuni, Namangan tumanida yashovchi, 1976 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu yil 14 dekabr' kuni soat 10:30 larda noma'lum shaxs, Namangan shahar Chorsu dehqon bozorida savdo qilayotgan vaqtida savdo rasta ustida qarovsiz qoldirgan narxi 1.500.000 so‘mlik “Samsung-Galaksi DJ-7” rusumli uyali telefon apparati va g‘ilofi orasida bo‘lgan 200 AQSh dollarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Namangan shahar IIO FMB 2-sonli IIB JQB tezkor vakillari va HPMB profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Chortoq tumanida yashovchi, 2004 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 14 dekabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech