31 Iyul 2023 yil 215

Voyaga yetmagan shaxs qo‘shnining uyiga o‘g‘irlikka tushdi

2023-yil 23-iyul kuni Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1971-yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu kunga o‘tar kechasi nomaʼlum shaxs yashash uyiga devor oshib kirib, yotoqxonasida bo‘lgan narxi 3.000.000 so‘mlik televizorini o‘g‘irlab ketganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni arizachining 2008-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan qo‘shnisi sodir ekanligi aniqlangan. Undan ashyoviy dalil olingan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech