13 Iyun 2023 yil 370

Voyaga yetmagan shaxs o‘g‘irlikka qo‘l urdi

2023-yil 9-iyun kuni Chortoq tumanida yashovchi, 1958-yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 15:00 larda nomaʼlum shaxs, yashash uyi oldida qarovsiz qoldirgan narxi 250.000 so‘mlik avtomashina ehtiyot qismlarini o‘g‘irlab ketganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida, ushbu jinoyatni shu tumanda ota-onasi qaramog‘ida yashovchi, 2008-yilda tug‘ilgan bola sodir etganligi aniqlangan va undan ashyoviy dalil olingan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech