Voyaga yetmagan shaxs do‘kon kassasini o‘mardi.
2021 yil 25 iyul' kuni, Namangan tumanida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 25 iyul' kuni soat 01:00 larda noma'lum shaxs, Namangan tumanida joylashgan oziq-ovqat mahsulotlari savdo do‘koniga kirish eshigini sindirish yo‘li bilan ochib kirib, do‘kon kassasida bo‘lgan 1.400.000 so‘m pullarni o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.Mazkur holat yuzasidan O‘z.R MG Namangan tuman Qo‘riqlash bo‘limi xodimlari Namangan tumani IIB HPMB profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan tumanida yashovchi, 2004 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.Ushbu holat bo‘yicha Namangan tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 25 iyul' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati